HOMILADORLIKDAN SAQLANISH

ID: 13474

17.06.2026

384

Savol:

Ayollar speral qoʻydirib homiladorlikdan saqlanishi joizmi yoki yoʻq ?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Ma'qal ibn Yasardan rivoyat qilingan hadisda Payg'ambarimiz alayhissalom: تَزَوَّجُوا الوَدُودَ الوَلودَ ، فإني مُكَاثِرٌ بكم الأنبياءَ يومَ القيامةِ

“Eriga muhabbat qiladigan va ko'p tug'adigan ayolga uylaninglar. Men boshqa ummatlarga sizlarning ko'pligingizni ko'z-ko'z qiluvchiman”, – deganlar (Imom Ahmad va Imom Tabaroniy rivoyatlari).

Lekin shuni ham unitmaslik kerakki, Islom – osonlik dini. Alloh taolo Qur'oni Karimda «Hech bir jonga imkoniyatidan tashqari narsani юklamaymiz» degan. Ayollarning ketma-ket homilador bo'lishi esa ayol kishi uchun katta mashaqqatni keltirib chiqaradi. Bir-ikki yilda tug'ish ayol kishining sog'lig'iga jiddiy zarar etkazishi tibbiy jihatdan isbotlangan.

Shuning uchun dinimizda homilani vaqtinchalik oldini olishga ruxsat berilgan.

Agar savolda ta'kidlanganidek, homiladorlikdan saqlanish uchun 3-6 oylik ukollar ayol kishining bepusht bo'lib qolishiga sabab bo'ladigan bo'lsa, boshqa vositalardan foydalanish mumkin. Masalan Payg'ambarimiz alayhissalom davrlarida sahobalar azl qilishdan foydalanganlar. “Azl” – bu aloqaning so'ngida erkakning urug'likni tashqariga to'kishidir. Hanafiy mazhabida ayolning bemorligi va emizikli bolaning sog'lig'iga zarar etishi aniq bo'lganda, ayolning izni bilan bu ish joiz, deyilgan.

Robitatul olamil Islomiya huzuridagi Islom fiqhi Akademiyasi hijriy 1400 yilning (Robius-soniy 26-30 kunidagi) 3-majlisida quyidagi hukmni chiqargan: “Naslni cheklash mutlaqo mumkin emas. Agar ochlikdan xavfsirab yoki shariat e'tibor qilmagan sabablarga binoan qilinadigan bo'lsa, homilani man qilish joiz emas. Чunki Alloh taolo rizq beruvchi Zotdir. Er юzidagi barcha jonivorlarning rizqi Allohning zimmasidadir. Ammo alohida zarar aniq bo'lgan holatlarda, ayol oddiy holda tug'a olmay, uning qornini yorib, bolasini olishga majbur bo'linadigan holatlarda homilador bo'lishni ortga suradigan omillarni ishlatishga monelik yo'q. Shuningdek, boshqa shar'iy va tibbiy sabablarga ko'ra onaning hayoti xavf ostida qoladigan bo'lsa, ishonchli musulmon tabiblar qarori ila homilani man qiluvchi vositalarning ishlatilishi joizdir”.

Xulosa shuki, ayolning bachdonida paydo bo'lib ulgurgan homilani majbur bo'lib oldirgandan ko'ra, uni ma'lum muddatga kechiktirib turuvchi vositalardan foydalangan ma'qul. Bunda shariatning “ikki zarardan engilrog'ini tanlash” qoidasiga amal qilgan bo'lamiz.

Faqat homilani man qiluvchi omillarni tanlayotganda homilador bo'lish qobiliyatini butkul yo'qotib юboradigan yoki asta-sekin susaytirib, oxiri bepushtlikka olib boradigan usul yoki vositalardan foydalanish mutlaqo mumkin emas. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar