Assalamu alaykum. Otam avtobus haydovchisi bo'lib ishlaydilar. Юqori rahbariyat tomonidan yo'lovchilardan to'g'ridan-to'g'ri pul olmaslik haqida ko'rsatma berilgan. Biroq rahbarlaridan qaysidir biri otamga: «Pulni olaveringlar, faqat qo'lga tushib qolmasanglar bo'ldi», deb aytgan ekan. Men otamga bu pullar halol bo'lmasligini aytdim. Iltimos, ustoz, shu masalada maslahat bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat.
Vaalaykum assalom. Shariatimizda yollanma ishchi ish beruvchi bilan kelishilgan shartlarga va korxonaning ichki tartib-qoidalariga to'liq amal qilishi vojibdir. Agar tizim naqdsiz to'lovga o'tgan bo'lsa, haydovchining yo'lovchilardan naqd pul olib, uni davlat g'aznasiga topshirish o'rniga uni o'zlashtirishi omonatga xiyonat va jamoat mulkini eyish sanaladi. Rahbarining qonunga xilof qing'ir ishga undashi va "ruxsat berishi" shariatda asos bo'lolmaydi. Shu bois, bunday yo'l bilan topilgan daromad halol bo'lmaydi. Vallohu a'lam.