Dinimizda Darveshona marosimi bormi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Dinimizda “darveshona” deb atalgan marosim yo'q, bu diniy marosim emas. Balki bahor faslida hashar yo'li bilan ariq kavlash, qabristonlarni tozalash paytida har kim topganini olib chiqib taom pishirib eyishlari xalqimizda “darveshona” deb nomlanib qolgan. Aslida kishilar o'zaro rozilik bilan pul yoki mahsulot yig'ib o'rtada taom pishirib eyishlari mumkin. Buni urfimizda “xalpana” deb nomlanadi. Ammo bu ishlar ham turli gunoh va boshqalarning haqqi paymol bo'lishiga sabab bo'lmasligi kerak. Vallohu a'lam.