KABUTAR EGAN MUSHUKNI O'LDIRISH

ID: 4720

02.12.2025

132

Savol:

Assalomu alaykum. Mening xo'jayinim kabutar boqadilar. Ba'zida kabutarlarini qo'shnining mushugi yoki boshqa mushuklar eb qo'ysa, uni qopqon qo'yib ushlab, keyin o'ldirib юborishadi. Bu gunoh emasmi? Agar o'sha mushukning bolalari bo'lsa, bizni qarg'amaydimi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Dinimizda hayvonlarni qiynash, ular inson hayotiga bevosita xavf tug'dirmasa-da, shunchaki kabutarni egani uchun ularni "qasos olish" maqsadida o'ldirish qattiq gunoh hisoblanadi. Mushuk tabiatan yirtqich, u o'z rizqini qidiradi. Uni qopqonga tushirib, ojiz holda o'ldirish ayni zulmdir.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislaridan birida shunday deyilgan:

“Bir ayol mushuk sababli (do'zax) azobiga giriftor bo'ldi. Chunki uni o'lgunga qadar hibs qilib qo'ygan. Unga egulik ham, suv ham bermagan. Yoxud uni o'zi ozuqa topib eyishi uchun o'z holiga qo'ymagan” (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Shunday ekan, xo'jayiningiz bu ishdan zudlik bilan tiyilsin va tavba qilsin. Kabutarlarni himoya qilish uchun boshqa choralarni ko'rish lozim. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar