Assalomu aleykum ustozlar. Ustozni oyog‘ini o‘pish mumkunmi? Mumkin bo‘lmasa agar shunga dalil tashlasangizlar. Bazibir tolibi ilim ukalarimiz mumkin bu masalada ixtilof bor deyshyapti
Vaalaykum assalom. Ha, bu masalada ulamolar ikki xil qarash zikr qilganlar. "Raddul muhtor" kitobida Ibn Obidin rohimahulloh shunday yozadilar:
(طَلَبَ مِنْ عَالِمٍ أَوْ زَاهِدٍ أَنْ) يَدْفَعَ إلَيْهِ قَدَمَهُ وَ(يُمَكِّنَهُ مِنْ قَدَمِهِ لِيُقَبِّلَهُ أَجَابَهُ وَقِيلَ لَا) يُرَخَّصُ فِيهِ "Agar bir kishi olimdan yoki zohiddan oyog‘ini o‘pish uchun uzatishini so‘rasa, ijobat qiladi (ya’ni, ruxsat beradi). Va boshqa bir qavlda bunga ruxsat berilmaydi, deyilgan".
Demak, ba’zi ulamolar bunga ruxsat bergan, boshqalari esa buni makruh sanagan. Vallohu a’lam.