Kishi masjidda qazo namozini o‘qib turgan paytda jamoat namoziga takbir aytilib qolsa, qazo namozini oxirigacha o‘qiydimi yoki buzib, jamoat namoziga qo‘shiladimi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Kishi bunday paytda qazo namozini oxirigacha o‘qiydi, keyin jamoatga zudlik bilan qo‘shiladi. Chunki qazo namozini o‘qishga kirishgan kishi har qanday vaziyatda ham uni oxirigacha tugatadi. Bu haqida “Al-Bahrur roiq” kitobida bunday deyilgan:
لو شرع في قضاء الفوائت ثم أقيمت لا يقطع كذا في الخلاصة
ya’ni: “Kishi qazo namoziga kirishgan paytda farz namoziga takbir aytilib qolsa, qazo namozini buzmaydi. “Xulosatul fatovo” kitobida ham shunday deyilgan”. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.