Men ayolimni mahrini bermagan edim. Yaqinda ayolim vafot etdi. Men nima qilishim kerak?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Agar mahri berilmagan xotin vafot etsa, uning mahri erining zimmasidan soqit bo‘lmaydi va erga uni ado etish lozim bo‘ladi. Lekin o‘lgan odamning haqqi bo‘lgani uchun mahr merosga aylanadi va marhumaning merosxo‘rlari o‘rtasida shariat ko‘rsatmasiga muvofiq taqsim qilinadi. Mazkur holatda merosxo‘rlar orasida uning eri ham bo‘lgani uchun erga ham shariat ko‘rsatmasiga binoan merosdan ulush beriladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.