TISHGA TOSH QUYISH

ID: 3025

03.10.2025

49

Savol:

Assalomu Alaykum Ustoz yani sizga savolim shundan iboratki hozirgi kunda tishlarga tosh quyilmoqda shu buyicha yani brekit emas tosh bu haqida rasim yoki vido istasangiz tashlab beraman yani bu ish halolmi bu toshni aynan stomatoliklar qiz bollarga quymoqda.

Javob:

Tishlarga ziynat uchun toshlar qo‘ydirish joiz emas. Buning sababi — bunday toshlar zaruratsiz yopishtirilgani uchun g‘usl va tahorat paytida tosh ostidagi tishga suv yetmaydi, bu esa tahorat va g‘uslni nuqsonli qilib qo‘yadi. Dinimizda zarurat bo‘lmasa tishga biror narsa yopishtirishga ruxsat berilmaydi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar