MASHINA OLDI SOTDISI

ID: 2824

25.09.2025

99

Savol:

Assalomu Aleykum Men 1 yil oldin Gentra Avtomobilimni og'zaki kelishuv asosida yaqin tanishimga bergandim Boshlang'ich to'lovi 2.000$ bilan. Bir yildan so'ng esa 20.000$ berishi kerak edi. O'zi shu taklif bilan olgandi muddat tolib o'tib xam ketdi qo'ng'iroqlarimga Javob bermayabdi Bersang bu dunyoda bermasang oxiratda olaman deb aytdm to'g'ri yo'l tutibmanmi? Bilmoqchiman oldindan Rahmat.

Javob:

Shariatimizga ko‘ra, savdo bitimi tuzilgach, ikki tomon ham uning shartlariga to‘liq rioya qilishi vojibdir. Bitimga amal qilmagan tomon qattiq gunohkor bo‘ladi va oxiratda o‘zganing haqqini poymol qilgani uchun javobgar bo‘ladi. Siz "bersang bu dunyoda, bermasang oxiratda olaman" deyish bilan uni oxirat azobidan ogohlantirib, to‘g‘ri yo‘l tutgansiz, biroq qarzni qiyomatga qoldirmay, uni undirish uchun qonuniy yo‘llar bilan harakat qilgan afzaldir. Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, narxni o‘rtachadan yuqori baholaganingiz hukmni o‘zgartirmaydi, chunki xaridor bozor narxi qandayligini bilib turib savdoga rozi bo‘lgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar