DOIMIY QATNAB ISHLAYDIGAN XODIMNING MUSOFIRLIGI

ID: 5268

18.12.2025

61

Savol:

Assalomu alaykum. Men ikki yildan buyon bir joyda ishlayman. Har dushanba kelib, juma kuni uyga qaytaman. Ish joyim uyimdan 250 km uzoqda joylashgan. Kelishim aniq (dushanba) va qaytishim ham aniq (juma). Bu holatda men musofir hisoblanamanmi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Ha, safar masofasida bo'lgani va ish joyingizda 15 kundan kam muddat turganingiz uchun siz fiqhga ko'ra musofir hisoblanasiz. Shu bois, yo'lda va ish joyingizda to'rt rakatli farz namozlarni ikki rakat qilib, qasr o'qishingiz vojibdir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar