Assalamu alaykum Ustozlar. Bilamizki bizda Rossiya davlati shokoladlari ko'p. Shu shokoladlarni mutloq istemol qilsa boladimi. Ba'zilariga spirt qo'shilar ekan, lekin bu narsani aniqlash oddiy insonlar uchun qiyin masala. Mana shunday holatga aniqroq yechim bormi, nimalarga e'tibor berish kerak? Raxmat
Aslida, shokolad halol mahsulot hisoblanadi va tarkibida harom modda borligi aniq isbotlanmaguncha, uni iste’mol qilish joiz. Shuning uchun, har bir mahsulotni o‘rganib ko‘rib, uning yorlig‘idagi tarkibini diqqat bilan o‘qish lozim. Agar tarkibda spirt yoki boshqa shar’an harom qilingan moddalar ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday mahsulotni iste’mol qilishdan saqlanish kerak.