ICHKILIK-HAQIDA

ID: 13678

22.06.2026

40

Savol:

Ichkilik qoʻyilgan stolda oʻtirish mumkinmi.Bir inson polonchini hurmat qilib mehmonga chaqirdi

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Musulmon inson Alloh harom qilgan ichkilik bor joyda bir dasturxonda o'tirishdan qaytarilgan. Agar kishi biror joyda gunoh ish bo'lishini, Allohga isyon bo'lishini bilsa, u erga borishi joiz bo'lmaydi. Ammo borganidan so'ng shu ishlar bo'lishini bilsa, bu gunoh ishni to'xtatishga harakat qiladi, buni imkoni bo'lmasa, u erdan chiqib ketadi, buni ham iloji bo'lmasa, hech bo'lmaganda qalbi bilan bu gunoh ishga norozi bo'lib o'tiradi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar