Assalomu 'alaykum, men horijga safarga chiqgan edim 4 yil muddatni niyyat qilib, lekin safar mobaynida noqonuiy migrant bo'lib qoldim, shu sababli 4 yil bo'lganda uyga qayta olmadim, hozir esa qachon qaytishim aniq emas, lekin agar meni migratsiyadagilar ushlashsa darrov o'zbekistonga jo'natishadi, shu holatda(noqonuniy migrant) bo'lganimdan kegin meni namozlarim qasr qilib o'qilishi kerakmi...? Biz yurgan davlatda bir imom ushbu holatdagilar namozlarini qasr qilib o'qishlari kerak degan edilar. Javob uchun oldindan katta rahmat.
Va alaykum assalom. Yo‘q qasr qilmaysiz. Siz agar borganingizdayoq 15 kundan kam turaman degan maqsadda borgan yoki qachon qaytishingizni bilmaganigizda edi Siz qasr qilib o‘qir edingiz. Ammo Siz avval boshdan 15 kun va undan ko‘p turish maqsadida safarga borgansiz va manzilga yetib borishingiz bilan muqimga aylangansiz. Endi niyatingizni o‘zgarishini o‘zi bilan musofirga aylanib qolmaysiz. Chunki fiqhiy qoidalarga ko‘ra musofirni niyatini o‘zgarishi bilan emas, balki niyati bilan birga safar qilishi muqimlikdan musofirga aylantiradi. Muqim bo‘lishda esa buni aksi, ya’ni niyatni o‘zgarishi bilan musofir muqimga aylanadi.