Assalomu alaykum Ustoz bir kishi aytib qoldi hojatxonada hojat chiqarib bo‘lgandan keyin avratlarni yuvmay ularni artib tozalab keyin taxorat qilib namoz o‘qisa bo‘ladi. Men shunday eshitganman va ba’zan shunday qilaman dedi. Shu to‘g‘rimi? Ya’ni xojat chiqarib avratlarni suv bilan yuvib emas boshqa narsalar bilan tozalab taxorat olib namoz o‘qisa bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat,Alloh rozi bo‘lsin!
Hojatdan so‘ng suv ishlatmasdan, qog‘oz yoki kesak kabi narsalar bilan tozalanish joizdir. Biroq buning sharti shuki, najosat chiqqan o‘rnidan atrofga tarqalmagan bo‘lishi lozim. Agar najosat chiqish o‘rnidan bir dirham (katta tanga) miqdoridan ko‘proq joyga yoyilsa, uni suv bilan yuvish farz bo‘ladi. Bunday holatda faqat qog‘oz yoki boshqa narsalar bilan artib tozalanish kifoya qilmaydi.
ثم الاستنجاء بالأحجار إنما يجوز إذا اقتصرت النجاسة على موضع الحدث فأما إذا تعدت موضعها بأن جاوزت الشرج أجمعوا على أن ما جاوز موضع الشرج من النجاسة إذا كانت أكثر من قدر الدرهم يفترض غسلها بالماء ولا يكفيها الإزالة بالأحجار
“Tosh bilan istinjo qilishning o‘zi bilan kifoyalanish axlat yoki bavl chiqqan joyidan tashqariga yoyilmagan holatda joiz bo‘ladi. Agar axlat yoki bavl najosat o‘rnidan atrofiga dirham miqdoridan ko‘p yoyilsa, suv bilan yuvish farz bo‘ladi. Tosh bilan ketkazish kifoya qilmaydi. (“Fatovoi Olamgiriya” kitobi).
Demak, najosat tarqalmagan bo‘lsa, suvsiz tozalanib, tahorat olib namoz o‘qish mumkin. Aks holda, suv bilan poklanish shart.