Nevaramga aqiqa qilmoqchi edik. Yetti kundan o‘tib ketdi. O‘n to‘rtinchi kuni qilish kerak ekan. Ammo ayrim sababga ko‘ra o‘sha kuni qila olmas ekanmiz. O‘n to‘rtinchi kun kelmasdan avval aqiqa qilsak bo‘ladimi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Aqiqani bola tug‘ilgan kunining yettinchi, o‘n to‘rtinchi yoki yigirma birinchi kuni qilish afzal sanaladi. Biroq siz aytgandek bu kunlarda so‘yish imkoni bo‘lmasa, boshqa kunda ham qilsangiz bo‘ladi.
تنقيح الفتاوى الحامدية (6 / 367) "وَلَوْ قَدَّمَ يَوْمَ الذَّبْحِ قَبْلَ يَوْمِ السَّابِعِ أَوْ أَخَّرَهُ عَنْهُ جَازَ إلَّا أَنَّ يَوْمَ السَّابِعِ أَفْضَلُ"
"Yettinchi kun bo‘lishidan avval yoki keyin ham aqiqa uchun jonliq so‘ysa joiz bo‘ladi. Biroq yettinchi kuni so‘yish afzaldir" (Tanqihul fatovo homidiya). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.