Jannatda sport bilan shug‘ullansa bo‘ladimi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Jannatda jannat ahli xohlagan barcha ishlar muhayyo bo‘ladi. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:
وَفِيهَا مَا تَشْتَهِيهِ الْأَنْفُسُ وَتَلَذُّ الْأَعْيُنُ وَأَنْتُمْ فِيهَا خَالِدُونَ...
... U joyda ko‘ngillar tilaydigan va ko‘zlar lazzatlanadigan (barcha) narsa bordir. Sizlar u joyda (jannatda) mangu qolursiz (Zuxruf surasi 71-oyat). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.