HOMILADOR AYOL QO'LIDAN CHOY ICHISH

ID: 4968

10.12.2025

106

Savol:

Assalomu alaykum, ustoz. Bir davrada eshitib qoldim: "Homilador ayolning qo'lidan choy ichsa gunoh bo'ladi", deb aytishib qolishdi. Shu savolga javob bersangiz.

Javob:

Vaalaykum assalom. Bu gap shar'iy jihatdan asossiz bo'lib, insonlar orasida paydo bo'lgan bid'at va xurofotlardan boshqa narsa emas. Homilador ayol ham boshqa ayollar kabi insondir. U quyib bergan choyni ichish yoki tayyorlagan taomini iste'mol qilishda hech qanday gunoh yo'q. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar