TAVOFDAN KEYIN TAHORAT BUZILSA, SA'Y QILISH

ID: 4672

29.11.2025

95

Savol:

Umrada tavofni tugatgandan so'ng, sa'yga o'tishdan oldin tahorat buzilsa, Safo va Marva orasida sa'y qilsa bo'ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Ha, sa'y qilsa bo'ladi. Chunki Safo va Marva orasida sa'y qilish uchun tahorat shart emas, balki sunnat amaldir. Ammo ibodatning komil bo'lishi va ko'proq savobga erishish uchun imkon qadar tahoratli bo'lishga harakat qilish afzal sanaladi. Shunday bo'lsa-da, uzrli sabab bilan tahoratsiz bajarilgan sa'y ham shariatga ko'ra to'liq va durust hisoblanaveradi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar