O'RILGAN SOЧ BILAN G'USL QILISH

ID: 13624

21.06.2026

174

Savol:

Ayollar g'usuli haqida savolim bor edi. Ayol kishi sochi orilgan holda g'usl qilgan bolsa gusili otadimi ?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohim. Jinsiy aloqadan avval xotin kishining sochi o'rilgan va uni g'usldan avval yoyish mashaqqat bo'lsa, sochning osti (ya'ni, bosh terisi)ni to'liq юvadi. Osilib turgan sochni юvish shart bo'lmaydi. Lekin jinsiy aloqadan avval sochi o'rilmagan bo'lsa, g'usl paytida sochini hamma joyini юvadi. Har bir soch tolasiga suv etkazadi, aks holda g'usli durust bo'lmaydi. Aloqadan avval o'rilmagan sochni aloqadan keyin o'rib olsa ham, baribir sochning hamma joyini юvadi. Ummu Salama onamiz raziyallohu anho Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan so'radilar: يا رسول الله إني امرأة أشد ضفر رأسي فأنقضه لغسل الجنابة ؟ قال لا إنما يكفيك أن تحثي على رأسك ثلاث حثيات ثم تفيضين عليك الماء فتطهرين Ya'ni: “Ey, Allohning Rasuli! Men sochimni mahkam qilib o'raman, janobatdan g'usl qilish uchun sochimni yoyamanmi?” Payg'ambarimiz alayhissalom: “Yo'q, sochingizni yoymaysiz. Boshingizga uch hovuch suvni qo'yib, so'ngra ustingizdan suv qo'yib poklanishingiz etarli bo'ladi” – deb javob berdilar" (Imom Muslim rivoyatlari). Janobatdan poklanmoqchi bo'lgan ayol g'uslda boshiga mash tortib qo'yishi mumkin emas. Balki jinsiy aloqadan avval sochi o'rilgan bo'lsa, sochining osti (ya'ni, bosh terisi)ni юvish va butun badanga suv etkazish kifoya qiladi, osilib turgan sochni юvish shart emas. Чunki o'rilgan sochni yoyish mashaqqat tug'diradi (“Bahrur roiq”, “Tabyinul haqoiq” va “Fathu babil inaya” kitoblari). Demak, jinsiy aloqadan avval o'rilmagan sochlar esa g'uslda to'liq юviladi. Eslatib o'tish kerakki, юqoridagi masala osongina o'rilib, osongina echiladigan sochlarga tegishli emas. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Ummu Salama onamizga bergan ruxsatlari sochlarini o'rish ham, yoyish ham etarlicha mashaqqat bo'ladigan ayollarga tegishli. Чunki ulamolarimiz bu ruxsatning illat (sabab)i xaraj (qiyinchilik) ekanini ta'kidlaganlar. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar