KAZO NAMOZI XAKIDA

ID: 5458

24.12.2025

171

Savol:

Assalomu alekum va Roxmatulloxi va barokatuxu. Savolim shundan iboratki men ishda ishleman, kup xollarda namozga Azon aytganini eshitaman masalan Peshin, Asr Shomga. Lekin ish takazosi bilan kaysidir namozni ukiy olmayman. Shu namozimi kazosini ukishda Azon aytamanmi yoki eshitgan Azonim etarli buladimi

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Avvalo namozni aslo qazo qilmang. Biror chorasini topib, farzini bo'lsa ham o'qib oling. Endi savolning javobiga kelsak, qazo uchun alohida azon aytishingiz sunnat bo'ladi, eshitgan azoningiz etarli emas. Ammo azon aytmay o'qib qo'ysangiz ham namoz durust bo'laveradi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar