Hozirda ayollar o'rtasida qoshni va yuzini terdirish oddiy holdek bo'lib qolgan ular bu mumkin emas deb aytilsa boshqa choramiz yuq deyishadi ya'ni termasak tuklar ko'payib ketadi oldin terganimiz hisobiga deyishadi shunga qanday chora bor ya'ni termasdan tuklarni qanday yo'qotsa bo'ladi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Shariatimizda qosh terishdan qat'iy qaytarilgan. Ammo oilali ayol erining ruxsati bilan юzidagi aybli hisoblangan tuklarini olishi joiz. Ayniqsa, ayolning юzidan soqol yoki mo'ylab chiqsa, jumhur (aksar) ulamolar o'sha tuklarni olib tashlash mustahabdir, deganlar. Sababi ayolning eri uchun ziynatlanishi shariat talabidir. Bu borada Alloma Ibn Obidiyn rohimahulloh shunday yozganlar: النَّهْيُ عَنِ النَّمْصِ أَيْ نَتْفِ الشَّعْرِ مَحْمُولٌ عَلَى مَا إِذَا فَعَلَتْهُ لِتَتَزَيَّنَ لِلأجَانِبِ، وَإِلاَّ فَلَوْ كَانَ فِي وَجْهِهَا شَعْرٌ يَنْفِرُ زَوْجُهَا بِسَبَبِهِ، فَفِي تَحْرِيمِ إِزَالَتِهِ بُعْدٌ؛ لأِنَّ الزِّينَةَ لِلنِّسَاءِ مَطْلُوبَةٌ، ثُمَّ قَال: إِذَا نَبَتَ لِلْمَرْأَةِ لِحْيَةٌ أَوْ شَوَارِبُ فَلاَ تَحْرُمُ إِزَالَتُهُ، بَل تُسْتَحَبُّ “Tuklarni юlishdan qaytarish ayol kishi begonalarga chiroyli ko'rinish maqsadida qilgan holatgagina tegishli bo'lib, agar юzidan tuklar o'sib chiqib, bu narsa uning eriga yoqmasa, uni юlishni harom deyish haqiqatdan yiroqdir. Chunki ayollar eri uchun chiroyli ko'rinishi lozim va talab qilingan ishdir”. Ibn Obidiyn o'z so'zlarini davom ettiririb, “Agar ayol kishidan soqol yoki mo'ylab o'sib chiqsa, ularni yo'q qilish harom sanalmaydi. Balki mustahab bo'ladi”, deganlar (“Hoshiyat ibn Obidiyn” kitobi). Vallohu a'lam.