Assalomu alaykum. Mening ayolim o'z amakisi yoki bobosi bilan (erisiz) umra ziyoratiga borsa bo'ladimi?
Vaalaykum assalom. Ayol kishi safar qilishi uchun unga mahrami hamrohlik qilishi lozimdir. Siz aytgan shaxslar – amaki va bobo mahram hisoblanadi. Shu bois, er qarshilik qilmasa, ular bilan safar qilishiga monelik yo'q. Vallohu a'lam.