QUR’ONI KARIMDAN FOL OCHISHNING HUKMI

ID: 93

04.04.2025

283

Savol:

Qur’ondan fol ochish qanday bo‘ladi va bu ish jozmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Qur’ondan fol ochish deganda folbinlarning fol ochishini tushunmaslik kerak. Folbinlik mutlaqo joiz emas. Folbinga borish gunohi azim. O‘zbek tilida ishlatiladigan fol va folbinlik arab tilidagi fol so‘zidan farq qiladi. Chunki arab tilida fol so‘zi yaxshilikni ko‘zlash, yaxshi ko‘z bilan qarash ma’nolarini anglatadi. Hadisi sharifda Payg‘ambarimizning "chiroyli fol", ya’ni yaxshilikni bildiruvchi so‘zlarni yoqtirishlari aytilgan (Ibn Moja va Ahmad rivoyatlari). Qur’ondan fol ochish deganda ham biron ish boshlashdan oldin Qur’oni karimdan bir sahifani ochib, unda xayr va yaxshilikka dalolat qiluvchi oyat chiqsa, shu ishga qadam qo‘yishga aytiladi. Bu ish ulamolar o‘rtasidagi ixtilofli masalalardan biri  hisoblanadi. Hanafiy mazhabi ulamolari nazdida bu ish makruh ekanligi aytilgan.

Alloma Abdulhay Laknaviy o‘zlarining “Naf’ul muftiy" kitoblarida ushbu savolga quyidagicha javob berganlar:

يكره كما في جامع الرموز عن التحفة وصرح بمنعه علي القاري المكي في شرح شرح النخبة

Ya’ni: "Qur’ondan fol olish makruhdir. "Jome’ur rumuz" da ham shunday kelgan. Mullo Ali Qoriy Makkiy "Sharhun Nuxba" ning sharhida uning joiz emasligini ochiq aytib o‘tgan". Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar