Assalomu alaykum. Ayolim siz bilan boshqa yashay olmayman ko'nglim yo'q sizda talog'imni bering deb ketib qoldi. Meni javobini berish niyatim yo'q lekn qaytmayman yashamayman deb turib olgan. Talog'ini bermasdan юrib ayolim ruxsatimsiz ko'chaga chiqib ishga kirib ishlab юrsa gunoxi kimga bo'ladi? Bunday vaziyatda shariat bo'yicha qanday echim qilish kerak?
Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Agar uning shariatga zid ishlariga ruxsat bermagan bo'lsangiz, uni bundan qaytargan bo'lsangiz, siz javobgar bo'lmaysiz. Siz bu vaziyatda musulmon axloqi va insoniylikdan kelib chiqib ish tuting. Avvalo ayolingiz bilan o'rtangizni isloh qilishga, uni ko'nglini olishga, muhabbatini qozonishga harakat qiling. Yaxshi gapiring, sovg'alar bering. Ammo har qancha harakat qilsangiz ham ayolingizni ko'ngli isimasa, uni ham tushunib, chiroyli holatda talog'ini bersangiz maqsadga muvofiq. Alloh taolo aytadi: “So'ngra (oilani) yaxshilik bilan saqlash yoki chiroyli suratda ajralish (mumkin)” (Baqara surasi, 229-oyat) Agar mabodo talog'ini bermoqchi bo'lsangiz, faqat bitta taloq bering, uch taloq berish mumkin emas. Valloha a'lam.