SARVARI OLAM

ID: 12837

02.06.2026

158

Savol:

Assalomu alaykum. Barcha payg'ambarlar Rasululloh ularning sayyidi ekanliklarini, nafaqat payg'ambarlarning balki butun insoniyatning sayyidi va yo'lboshchisi ekanliklarini hamda Allohning eng suygan bandasi ekanliklarini bilishganmi?

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Barcha payg'ambarlar Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqlarida bilganlar. Bunga mana bu oyat dalolat qiladi: “Eslang, Alloh (payg'ambarlardan) shunday ahd olgan edi: “Men sizlarga Kitob va Hikmat bergan bo'lsam, endilikda sizlardagi (Kitob)ni tasdiq etuvchi bir payg'ambar (Muhammad) kelganda, albatta, unga iymon keltirasiz va unga yordam berasiz!” (Alloh): “Tan oldingizmi va ahdnomamni shu (shart) bilan qabul qildingizmi?” – deganida, ular: “Tan oldik”, deb javob berdilar. Alloh dedi: “Guvoh bo'lingiz, Men ham sizlar bilan birga guvohlardandirman” (Oli-imron surasi, 81-oyat). Ibn Kasir rahimahulloh aytadilar: “Ali ibn Abu Tolib va Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo aytdilar: Alloh taolo qay bir payg'ambarni юborgan bo'lsa, albatta undan: “Agar Muhammad sen hayotlik paytingda юborilsa, albatta unga iymon keltirasan va yordam berasan”, deb ahd-paymon olgan”. Barcha payg'ambarlar Muhammad alayhissalom rasul va nabiylarning sayyidi, butun bashariyatning eng ulug'i ekanlarini bilganlar deb qat'iy ayta olmaymiz, zotan bu g'ayb ilmi bo'lib, biz bu haqda faqat Alloh bildirgan narsalarnigina bilamiz. Qur'on va hadisda bu haqda ochiq aytilmagan. Ammo юqoridagi oyatning mazmunidan kelib chiqsak, ular bu haqda bilgan bo'lishlari ehtimoli katta. Чunki Alloh taolo jamiki payg'ambarlarni bir joyga jamlab, ulardan faqatgina bir nafar ulug' Rasul uchun ahd-paymon olishining o'ziyoq, o'sha Rasulning maqomi qolgan barchanikidan ustun va oliy ekaniga yaqqol dalolat qiladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar