Bir necha kishi qur'onni xatm qilishi uchun bir-birini eshitib turishi , bitta joyda bo'lishi kerakmi va bu xatm har bir o'qigan kishi uchun xatm qilish savobini beradimi
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Va alaykum assalom va rohmatulloh. Alloh taoloning kalomini xatm qilish savobi ulug' amallardan bo'lib, uni xoh bir kishi o'zi yolg'iz qilsin, xoh bir necha kishi jamoaviy tarzda qilsinlar, farqi yo'qdir. Muhimi 30 pora Qur'oni karim boshidan oxirigacha, ya'ni fotiha surasidan to nas surasiga qadar o'qilsa bo'lgani. Bunda hamma ovoz chiqarib o'qisa ham, joiz bo'laveradi. Qur'onni boshidan oxiriga qadar bir marta o'qilsa, bitta xatm qilingan bo'ladi. Har bir kishi xatm qilgan bo'lmaydi. Lekin xatmi Qur'on so'ngidagi duolar ijobat bo'lishi va boshqa fazilatlarda hamma ishtirokchilar tengdirlar. Vallohu a'lam.