Ka'batullohni o'psa, unga sig'ingan bo'lmaydimi? Ya'ni, Allohga sig'inmasdan Ka'baga sig'ingan bo'lmaydimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Yo'q, sig'ingan bo'lmaydi. Chunki musulmonlar ka'ba yoki hajarul asvadni undan biror naf yoki zarar kutib emas, balki faqat Allohning amriga itoat va Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlariga ergashish юzasidan o'padilar.
Hazrati Umar roziyallohu anhu hajarul asvadga qarata: «Sen zarar ham foyda ham bermaydigan shunchaki bir tosh ekaningni bilaman. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam seni o'pganlarini ko'rmaganimda, o'pmas edim» (Buxoriy rivoyati), deb bu amalning mohiyati sig'inish emas, balki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilish ekanini bayon qilganlar.
Demak, bu amal toshga ibodat qilish emas, balki Alloh belgilagan shiorlarni ulug'lash orqali U zotning yolg'iz O'ziga qullik qilishdir. Vallohu a'lam.