QURBONLIK UCHUN SOTIB OLINGAN HAYVONGA KEYINCHALIK SHERIK BO‘LISH MUMKINMI?

ID: 500

04.04.2025

68

Savol:

Qurbonlik uchun sotib olingan hayvonga keyinchalik boshqalar sherik bo‘la oladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Qurbonlik qilmoqchi bo‘lgan kishilar sigir yoki tuyaga yetti kishigacha sherik bo‘la oladilar. Ular sotib olish vaqtida sherik bo‘lganlari kabi, bir odam sotib olgandan keyin ham sherik bo‘lishlari mumkin. Xuddi shunday bir kishi uyida boqib turgan hayvonga ham sherikchilik qilish joiz (Alloma Ibn Nujaym, “Bahrur-roiq” kitobi).

Jobir raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambarimiz alayhissalom bilan sigirni yetti kishidan, tuyani yetti kishidan qurbonlik qilardik” (Imom Muslim, Haj kitobi).

Sigir yoki tuyani sherik bo‘lib so‘yganlar yetti yo undan ozroq kishi bo‘lsa ham, ulardan birortasining go‘shdagi nasibasi 1/7 (yettidan bir)dan kam bo‘lmasligi kerak. Aks holda qurbonlik joiz bo‘lmaydi. (Burhoniddin ibn Moza, “Al-Muhiyt al-Burhoniy” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar