Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh. Har ikki jumla orasida ajablanib qolsa, «Subhanalloh» deyishning hukmi qanday? Ajablanganda aslida ushbu zikr aytiladimi? Bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ajablansalar, «ajib» deyishlari rivoyat qilinganini eshitgan edim. Eshitganim to'g'rimi? Alloh rozi bo'lsin.
Va alaykum assalom. Kishi o'zini ajablantirgan biror narsani ko'rganda «Masha Alloh, la quvvata illa billah» deyishi mustahabdir. «Subhanalloh» deyish ham joiz. Shu bois, hayrat va havas o'rnida Allohni zikr etib, shu kabi duolarni aytish sunnatga muvofiq yo'ldir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ba'zi o'rinlarda «ajib» so'zini aytganlari rivoyat qilingan bo'lsa-da, bu taajjublanganda aytilishi kerak bo'lgan jumla o'laroq kelmagan. Vallohu a'lam.