EMIKDOSHLARNING TURMUSHI MASALASI

ID: 13642

22.06.2026

120

Savol:

Chaqaloqligimda xolam (onamning singlisi ) meni bir marta emizgan. Shu holatda (xolamning oʻgʻli bilan ) nikoh hukmi qanday bo‘ladi?”

Javob:

Emizish orqali emizilgan chaqaloqqa emizgan ayolning onaligiю, erining otaligi ya'ni bu bolaning shu oilaga farzandlik maqomi sobit bo'ladi. Alloh taolo Niso surasi, 22-oyatida: و امهتكم التى ارضعنكم و اخواتكم من الرضاعة "Emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz (harom qilindi)" degan. Shuningdek, emizgan ayolning farzandlari chaqaloqqa aka-uka yoki opa singil bo'ladi. عن عائشة رضى الله عنه عن النبىّ صلى ﺍﷲ ﻋﻟﻴﻪ ﻭ ﺴﻟﻡ قال يحرم من الرضاعة ما يحرم من الولادة Oisha (r.a)dan rivoyat qilinadi: "Nabiy (s.a.v): "tug'ilish tufayli mahram bo'ladigan kishilar emizish tufayli ham mahram bo'ladi" deganlar". Demak, tug'ishganlik ya'ni nasab aloqasi bo'yicha qaysi toifa ayollarning nikohi harom bo'lsa, emikdoshlik yaqinligi tufayli ham o'sha toifa ayollarning nikohi harom bo'ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar