men muskat yong'oq sotib olgan edim va buni istemol qilmoqchi edim chunki youtubeda kordim uning foydalari ko'p ekan,keyin bitta tanishim aytdiki u islomda harom qilingan deb shu haqida batafsil ma'lumot bera olasizmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Soha mutaxassislari muskat yong'og'i tarkibida insonni mast qiluvchi modda bor ekanini ta'kidlaydilar. Shu tufayli fuqaholar mazkur mevani mast bo'lish maqsadida iste'mol qilishni harom sanaydilar. Ammo davo maqsadida mast qilmaydigan darajada oz miqdorda iste'mol qilish yoki taomga qo'shishni joiz, deyishgan. Vallohu a'lam