YOLG‘IZ NAMOZ O‘QIGANDA IQOMAT AYTISH KERAKMI?

ID: 858

04.04.2025

31

Savol:

Uyda yolg‘iz namoz o‘qiyotgan kishi farz namozlaridan avval iqomat aytishi joizmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Farz namozlarni uyda yolg‘iz o‘qigan kishi uchun iqomat aytishi mustahab amal sanaladi. “Al-Fatovol hindiya” kitobida shunday deyiladi:

وندب الأذان والإقامة للمسافر والمقيم في بيته

ya’ni: “Musofir va o‘z uyida yashayotgan kishi azon va iqomat aytib namoz o‘qishi mandubdir (savobli ishdir)”.

Fuqaholarimiz bu mavzuda yana shunday deydilar:

الإقامة آكد سنية من الأذان فلذا يكره تركها للمسافر دونه كذا في فتح القدير.

ya’ni: “Iqomatning sunnatligi azondan ko‘ra ta’kidliroqdir. Shuning uchun ham musofir kishi azon aytmasdan namoz o‘qishi makruh emas, ammo iqomat aytmay namoz o‘qishi makruhdir, “Fathul qodir”da shunday kelgan”. (“Fatovo Al-Laknaviy” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar