Assalamu aleykum domla. Bu savolga javob biz uchun juda muhim. Erim juda rashkchi. Shu sababli biz ko'pincha kelisholmaymiz. Kecha holavachcham uyga kelgan. Erim Qirg'izistonda ishda. Biz kola olish uchun magazinga chiqdik, kechasi 12 edi. Erim video qo'ng'iroq qilib xullas kechasi nega chiqding deb janjal boshlandi. Erim namoz o'qimaydi, lekin erni ruxsatisiz ko'chaga chiqmaslik kerak, deb dindan gapiradi. Magazinga xatto so'rab chiq deydi. Erkaklardan qizg'onsa tushunaman, lekin ayollargayam qo'shmaydi. Masjidni tozalashga bormoqchi bo'ldim, yubormadi. Qadr kechasini ustoza ayollar bilan o'tkazmoqchi bo'ldim, yubormadilar paytida. Biz qanday qo'l tutaylik? Meni bunchalar rashk qilishi menga yoqmaydi.
Shariatga ko‘ra, ayol kishining zaruratsiz, erining ruxsatisiz uydan chiqishi durust emas. Bu borada eringizning talabi asoslidir. Erkak kishining o‘z ayolini begonalardan, nomahramlardan qizg‘anishi uning mas’uliyati va g‘ururidan dalolat beradi. Bu rashk dinimizda maqtalgan va erning zimmasidagi burchlardan biri sanaladi. Agar eringiz sizning boshqa ayollar bilan ko‘rishishingizga ruxsat bermayotganining sababi – ularning diningizga, axloqingizga yoki tarbiyangizga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotirlanishi bo‘lsa, bu borada ham u qisman haq bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, sizga eringizning bu talablarini qabul qilib, uning haqqini tan olib, munosabatlaringizni mustahkamlashga harakat qilish tavsiya etiladi.
Shu bilan birga, shariatda har bir narsada mo‘’tadillik talab qilinganidek, rashk masalasida ham me’yor muhimdir. Agar erning rashki asossiz shubha-gumonlarga, vasvasaga aylanib, ayolining haq-huquqlarini poymol qilishga, uni yaqinlaridan, silai rahm kabi diniy majburiyatlarini bajarishdan sababsiz to‘sishga olib kelsa, bu dinda "g‘uluvga ketish", ya’ni haddan oshish hisoblanadi.