Assalomu alaykum. Kishining qarindoshi, masalan, akasi yo opa-singlisi toʻy qilayotganda, toʻyga aroq qoʻyilsa, yoki dasturxonda boʻlmasa ham ba'zilar yashirin olib kelib ichishsa, bu toʻyga borsa boʻladimi? Lekin, biz oʻtirgan stollarda qoʻyilmaydi. Bu holatda nima qilish kerak? (Buning gunohligini tushuntirsak ham foydasi boʻlmadi) Yaqin qarindoshi gina qilsa ham bu toʻyga bormaslik kerakmi? Javobingiz uchun rahmat.
Va alaykum assalom. Agar aroq qo‘yilganini marosimga borib bo‘lgandan keyin bilsangiz va sizning dasturxonda aroq bo‘lmasa, unda ishtirok etishingiz mumkin. Ammo avvaldan bilsangiz yoki katta ehtimol bilan taxmin qilsangiz borishingiz mumkin emas, hatto aroq boshqa stolda bo‘lsa ham. Bu holatda to‘y egasi gina qilishi noo‘rin, zero yomon ishni siz emas, u qilmoqda. Lekin siz qarindosh urug‘chilik haqqini rioya qilib, to‘y egasining xonadoniga borib tabriklab, biror sovg‘a yoki pishiriq berib kelsangiz, maqsadga muvofiqroq bo‘ladi. Vallohu a’lam.