Ba’zilar oshqovoq o‘g‘irlash savob deydi. Shu to‘g‘rimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Bu gap mutlaqo noto‘g‘ri. O‘g‘rilik gunohi kabira, harom amal sanaladi. Uni halol yoki savobli amal deyish kishini imonidan ayrib qo‘yadi, Alloh saqlasin.
Musulmon uchun birovning moli haromdir. Faqat chin ko‘ngildan bersagina halol bo‘ladi. O‘zganing molini bildirmasdan olish o‘g‘rilik deyiladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu borada shunday deb marhamat qilganlar:
لا يحل مال رجل مسلم لأخيه إلا ما أعطاه بطيب نفسه
"Musulmon kishining moli birodariga halol bo‘lmaydi, faqat o‘zi unga chin ko‘ngildan bersa haloldir" (Bayhaqiy rivoyati).
Xulosa qilib aytganda, "Kitob o‘g‘irlasa gunoh bo‘lmaydi", "Oshqovoq o‘g‘irlasa savob bo‘ladi" degan gaplar ba’zi ilmsiz kishilar tomonidan to‘qilgan asossiz gaplardir. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.