2 YOSHGA TO'LMAGAN BOLA PESHOBI TEKKAN KIYIM

ID: 4559

26.11.2025

88

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatullohu va barokatuh. 2 yoshga to'lmagan bola peshob qilgan kiyimda namoz o'qisa bo'ladimi? Men shunday narsani eshitgandim. Ammo bunday ma'lumotni topa olmadim.

Javob:

Vaalaykum assalom. Hanafiy mazhabida go'dakning peshobi ham xuddi kattalarniki kabi najas bo'lib, ibodat uchun uni tozalash shartdir. Agar kiyimga tekkan peshob miqdori kaft юzasidan oshsa, u bilan namoz o'qish durust bo'lmaydi. Shuning uchun, namozdan oldin kiyimning o'sha joyini юvib, poklash lozim. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar