2 CHI TALOK

ID: 3873

03.11.2025

475

Savol:

Ayolim bilan kelishmovchiliklar sababli o‘rtamizga taloq tushgan edi. Bu ikkinchi taloq. Ammo hali idda tugashiga bir muncha vaqt bor. Biz yarashib qayta yashab ketsak bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Bunda erning taloqda aynan qaysi lafzlar ishlatganiga bog‘liq. Agar er javobingni berdim, sanga javob, boshing ochiq kabi so‘zlar bilan (ya’ni taloq lafzini ishlatmasdan) ajrashgan bo‘lsalar idda muddatidami yoki idda chiqqanidan keyinmi nikoh o‘qitmasdan yashay olmaydi. Agar er ayoliga "bir taloqsan”, degan bo‘lsa, bir taloq raj’iy tushadi. Raj’iy taloqda nikoh rishtalari toki idda tugamaguncha uzilmaydi. Eri idda ichida xotiniga, qayta nikoh o‘qitmasdan ham, "qaytishi" mumkin (agarchi xotin rozi bo‘lmasa ham). "Qaytish" degani "senga qaytdim" deyish bilan yoki jinsiy aloqa, yo shahvat bilan ushlash kabi ishlar bilan bo‘ladi. Agar "bir taloq qildim", degandan keyin idda muddati o‘tib ketsa, raj’iy taloq boin taloqqa aylanib, xotinni nikohsiz qaytib ololmaydi. Raj’iy taloqlarning soni uchtaga yetishi bilan er-xotin butunlay ajrashadi. Toki xotin boshqa erga tegib, to‘laqonli jinsiy hayotni yashab, undan talog‘ini olmaguncha, avvalgi eriga halol (nikohlab) bo‘lmaydi. Chunki Alloh taolo Qur’oni karimda: "Taloq ikki martadir" — deb ogohlantirgan (Baqara surasi 229-oyat). Uchinchisi er-xotinni butunlay ajrashishiga sabab bo‘ladi ("Fathu bobil inoya" va "al-Muxtasar fil fiqhil hanafiy" nomli kitoblar). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar