Bir kishidan eshitib qoldim qizil kiyimda nomoz uqish makruh dedi buni kiyimni masjidga va nomozda kiymagan yaxhimas dedilar qanchalik tug‘ri iltimos shu savolimga javob bersangizlar Assalomu alaykum va raxmatuloxuu va barakatuh
Bismillahir Rohmanir Rohim. Qizil kiyim haqida kelgan turli mazmundagi hadislarning xulosasi shuki: erkaklar uchun qip-qizil kiyim kiyish mumkin emas. Ammo kiyim boshqa rangda bo‘lib, unga qizil aralashgan bo‘lsa, buning zarari yo‘q.
عَنْ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: "نُهِيتُ عَنِ الثَّوْبِ الْأحْمَرِ، وَخَاتَمِ الذَّهَبِ، وَأَنْ أَقْرَأَ وَأَنَا رَاكِعٌ" (رواهُ الإمامُ النسائي).
ya’ni: Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Men qizil kiyim kiyish va tilla uzuk taqishdan, ruku’ qilgan holda qiroat qilishdan qaytarildim”, dedilar (Imom Nasoiy rivoyati). Vallohu a’lam.