Assalomu alaykum. Chet davlatlardan birida dinimizda halol bo'lgan go'shtlarni, asosan, «halol» deb sotishadi. Lekin tovuq fabrikalarida tovuqni tok bilan o'ldirishar ekan. Bu halolmi yoki yo'qmi? Javobingiz uchun rahmat.
Vaalaykum assalom. Agar tovuqni elektr toki bilan o'ldirib, so'ngra so'yilsa, u o'laksa hukmida bo'lib, iste'mol qilish mutlaqo haromdir.
Ammo tok faqat hushidan ketkazish uchun ishlatilib, jon tanadan chiqmasidan oldin musulmon inson tarafidan «Bismillah» aytib so'yilsa, uning go'shti halol hisoblanadi.
Shu sababli, tovuq tok zarbidan o'lib qolmaganiga va shar'iy qoidalarga ko'ra so'yilganiga to'liq ishonch hosil qilgandan keyingina uni tanovul qilish lozim. Vallohu a'lam.