Sunnat namozlarda bilmasdan xato qilib qo‘ysam nima qilishim kerak?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Bilmasdan xato qilish asosan, uch xil ko‘rinishda bo‘ladi:
Bilmasdan namozning sunnat va mustahablarini tark qilsa va shu bilan namozni tugatsa, bu namoz durust. Uni qayta o‘qilmaydi.
Namozda unutib bu kamchiliklarga yo‘l qo‘ysa, bu xatoni namozning oxirida sajdai sahv bilan to‘g‘rilaydi va namozni qayta o‘qimaydi.
Agar namozni sajdai sahv qilmay tugatsa yoki namozning vojiblaridan birini qasddan tark qilsa, namozni qayta o‘qiydi.
Bilmasdan namozning farzlaridan birortasini tark qilsa bu namoz durust bo‘lmaydi. Uni qayta o‘qib olinadi.
Bu masalani yanada yaxshi bilib olish uchun namozning farzlari, vojiblari va sunnatlarini hamda sajdai sahv masalasini o‘qib-o‘rganish kerak bo‘ladi.
Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.