Assalomu alaykum. Payg'ambarimiz (s.a.v.) bomdod namozining farziga har doim Kafirun va Ixlos suralarini o'qiganmilar?
Vaalaykum assalom. Yo'q, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ikki surani bomdodning farzida emas, balki undan oldingi ikki rakat sunnat namozida o'qiganlari haqida sahih hadislar kelgan.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bomdodning farzida odatda tivol mufassal, ya'ni Hujurot surasidan Buruj surasigacha bo'lgan uzunroq suralardan qiroat qilganlar. Demak, bomdodning farzida qiroatni uzunroq qilish sunnat hisoblanadi. Vallohu a'lam.