MUQIMLIKNI NIYAT QILGAN KISHI QACHONDAN NAMOZLARNI TO‘LIQ O‘QIYDI?

ID: 883

04.04.2025

24

Savol:

Biror bir kishi o‘zining shahridan chiqsa, shahriga qishloqlar ulanib ketgan bo‘lsa, o‘sha qishloqning eng oxirgi uyi ko‘rinmay qolgandan boshlab kishi musofir bo‘ladi. Savolim shu odam 15 kundan ortiq turishni niyat qilgan bo‘lsa borgan joyidagi shahar yoki qishloqning birinchi uyi ko‘ringandan boshlab musofir hukmidan chiqadimi? Yoki bunda o‘sha boradigan shahar yoki qishloqning ichidagi turadigan ijara uyigacha musofir bo‘lib turadimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Agar kishi biror shahar yoki qishloqda o‘n besh kun yo undan ziyoda turishni niyat qilsa, o‘sha shahar yoki qishloqqa kirishi bilan musofir hukmidan chiqadi, muqimga aylanadi. Ibn Abbos va Ibn Umar roziyallohu anhumalar aytdilarki:

اذا قدمت بلدة و انت مسافر و في نفسك ان تقيم خمسة عشر يوما فاكمل الصلاة رواه ترميذي

Ya’ni: “Agar bir shaharga safar qilib kelsang va shu yerda o‘n besh kun qolishni niyat qilsang, namozni to‘liq o‘qiysan” (Imom Termiziy rivoyatlari). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar