Arab tilini yaxshi bilgan kishi Qur’ondan o‘zicha hukm chiqarsa bo‘ladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Yo‘q, Arab tilini yaxshi bilishning o‘zi Qur’oni karim va hadisi sharifdan hukm chiqarish uchun kifoya qilmaydi. Balki, buning uchun kishi bir qancha shar’iy ilmlarni ham bilishi shart. Jumladan, birinchi navbatda arab grammatikasini (nahv, sarf) va balog‘at ilmini mo‘tabar manbalar asosida ta’lim olgan bo‘lishi darkor. Keyin Qur’on va hadis ilmini, undagi oyatlarning nozil bo‘lish sabablarini bilmog‘i, nosix-mansuh, mutlaq va muqayyad, omm va xos kabi usulul-fiqh qoidalarini puxta bilishi va ulardan o‘z o‘rnida foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: “Kim Qur’onni o‘z fikricha tafsir qilsa, do‘zaxdan o‘ziga joy tayyorlasin”, – deganlar (Imom Termiziy rivoyat qilgan). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.