TO'YDAN OLDIN KO'RISHISH

ID: 2057

21.08.2025

306

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Uyimizga sovchilar kelishdi va yoshlar gaplashib ko'rishsin dedilar. Ota-onam ham bir gaplashib ko'r, hech kim sani yeb qo'ymaydi dedilar. Lekin hali turmush qurishni hohlamayman. Shunga dinimizda to'ydan oldin ko'rishish to'g'ri bo'ladimi? Javob uchun oldindan katta rahmat

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Bo‘lajak kelin va kuyov nikohdan avval ko‘rishishlariga ruxsat berilgan.

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon biringiz biror ayolga sovchi qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, agar uning nikohiga chorlovchi narsaga nazar solishga qodir bo‘lsa, shuni qilsin», dedilar» (Abu Dovud, Shofeiy va Hokim rivoyat qilishgan).

Mug‘iyra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «U kishi bir ayolga sovchi qo‘ymoqchi bo‘lganida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Unga nazar sol, chunki bundoq qilish ikkingiz orangizda bardavomlikka kerakdir», dedilar» (Imom Nasoiy va Imom Termiziy rivoyat qilishgan).

Ammo bu ko‘rishishga yolg‘iz qolmaslik sharti bilan ruxsat etiladi. Unashtirilgandan keyin ham gaplashishlari, ko‘rishib yurishlariga ruxsat yo‘q. Chunki bu ishlar zinoga eshik vazifasini bajarishi mumkin. Faqat ikki tomon bir-birini yuzaki bilib oladigan darajadagi uchrashuvga, u ham xilvatda bo‘lmasligi sharti bilan ruxsat berilgan. Bunday ma’lumot bir-ikki uchrashuv bilan hosil bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar