Boshqa payg‘ambarlarga tushgan kitoblarni ham Allohning kalomi deyiladimi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Hozirgi davrdagi Injil, Tavrot kitoblarini Muso alayhissalom va Iyso alayhissalomga nozil bo‘lgan samoviy kitoblar deyolmaymiz. Chunki, ularga odamlar tomonida turli o‘zgartirishlar kiritib yuborilgan. Lekin, o‘z vaqtida mazkur payg‘ambarlarga nozil bo‘lgan asl Tavrot va Injil kitoblari Allohning kalomi deyiladi.
و في شرح الطحطاوية والحق ان التوراة و الانجيل و الزبور و القران من كلام الله حقيقة
"Sharh Tahtoviy"da quyidagicha keltiriladi: "Haqiqat shuki, Tavrot, Injil, Zabur va Qur’on haqiqatda Allohning kalomidir". Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.