Tushda nopok boʻlib qolsa namoz oʻqish mumkinmi
Bismillahir Rohmanir Rohim. Junub bo'lgan kishiga g'usl qilish vojib bo'ladi. G'usl qilmasdan turib namoz o'qish, Qur'on o'qish (yoddan bo'lsa ham), Qur'oni karimni ushlash, masjidga kirish mumkin emas. G'usl qilishi shart bo'lgan odam o'zi sog'lom va odatdagi sharoitda bo'lsa, albatta g'usl qiladi. Alloh taolo Qur'oni karimda:
وان كنتم جنبا فاطهروا
“... agar junub bo'lsangiz, obdon poklaningiz (cho'milingiz)...” – deb marhamat qilgan. (Moida surasi, 6-oyat). G'usl qilish tartibi ushbu havolada bayon qilingan https://t.me/diniysavollar/7262