Assalomu alaykum. Avvalambor, sizlardan Alloh rozi bo'lsin, juda ko'p savollarimga javob berib kelasizlar, rahmat! Savolim shundan iboratki, biz davlat korxonasining kichik bir bo'limida ishlaymiz. Guruhimiz bitta boshliq va 9 ta xodimdan iborat. Korxona o'z vaqtida ta'minot qilmaydi yoki umuman ta'minot bajarmaydi. Bizga юklatilgan vazifa-topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish uchun yoqilg'i, transport remonti va mayda xarajatlarning hammasiga o'rtada pul tashlab, ya'ni oyliklar yaxshi tushgan payti bir million atrofida pul yig'ib, sarflab ishni bajarishga kelishdik. Oradan bir necha oylar, yilga yaqin vaqt o'tdi. Hamma sheriklar bu ishga birin-ketin pul bermaslikka yoki bersa ham kamroq berishga o'ta boshladi. "Bu o'zining oyligi, umuman bermasa ham o'zining oyligi, o'zining haqqi", deyishdi. Keyin buni men guruhda bo'layotgan voqeani boshliqqa aytib, "Bu ishni to'xtataylik", dedim. Shu paytgacha yig'ilgan pulga rozimiz, bundan buyog'iga pul yig'ishni to'xtataylik, deb norozilik bildirildi, dedim. Keyin ko'p gaplar gapirildi va boshliqning jahli chiqib, oxirgi yig'ilgan, kim qancha tashlagan bo'lsa, o'sha miqdorni hammaga boshliq o'z yonidan qaytarib tashladi. Vaholanki, bu pulga ish юrishi uchun xarajat qilib bo'lingan edi. Endi bizda o'zimiz rozi bo'lib bergan va bu pulga sarf-xarajat qilinib bo'lgan pulning o'zimizga tashlab berilgani turibdi. Men bu pulni ishlatishga jur'at qilolmadim. Mening bu pulga haqqim bormi yoki bu pulni nima qilay? Javob uchun, to'g'ri yo'l ko'rsatganingiz uchun sizlardan Alloh rozi bo'lsin, rahmat!
Vaalaykum assalom. Boshliq bu mablag'ni hech qanday majburlashsiz, o'z ixtiyori bilan bergan ekan. Inson, garchi jahl ustida bo'lsa ham, aqli joyida bo'lgan holda o'z mulkini tasarruf qilishga haqli sanaladi. Shu tufayli u sizlar uchun hadya hukmida bo'lib, ishlatishingiz joizdir. Vallohu a'lam.