MAHSINI KIYGANDAN SO‘NG OYOQ TERISIDAN SUV CHIQSA

ID: 573

04.04.2025

108

Savol:

Tahorat qilib maxsini kiygandan so‘ng, maxsini ichida oyoqdan qon va yiring chiqmasa-yu, biroq teri ostidan bilinar-bilinmas suv chiqsa, tahorat sinadami? Mahsini yechib oyoqni qayta yuvish kerakmi yoki maxsi ustidan mash tortsa ham bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bu borada Fiqhiy kitoblarimizda, jumladan Hidoyaning sharhi Inoyada shunday deyiladi:

( فَإِنْ قُشِرَتْ نَفْطَةٌ فَسَالَ مِنْهَا مَاءٌ أَوْ صَدِيدٌ أَوْ غَيْرُهُ إنْ سَالَ عَنْ رَأْسِ الْجُرْحِ نَقَضَ ، وَإِنْ لَمْ يَسِلْ لَا يَنْقُضُ) وَقَالَ زُفَرُ رَحِمَهُ اللَّهُ يَنْقُضُ فِي الْوَجْهَيْنِ

"Agar yara archilsa (shilinsa) va undan suv, yiring yoki boshqa narsalar chiqsa va jarohatning bosh qismidan oqadigan darajada bo‘lsa, tahoratni sindiradi. Agar oqmaydigan darajada bo‘lsa, sindirmaydi. Imom Zufar har ikki holatda sindiradi deganlar".

Yana bir muhim narsa: oyoqlarni yuvib, tahoratli holda kiygan maxsimiz oyoqlardagi tahoratni himoya qilib turadi shuning uchun unga mash tortishimiz kifoya qiladi. Ammo maxsi kiyilgandan so‘ng oyoqlarimizdan tahoratni buzuvchi narsalar (qon, yiring va hokazolar) chiqsa oyoqlarni yuvishga to‘g‘ri keladi. Endi unga mash tortish joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar