SAJDA QILA OLMAGAN KISHINI NAMOZI

ID: 4313

19.11.2025

109

Savol:

Men kecha vorikatsele operatsiyasini otkazdim jinsiy olatdagi operatsiya. Qiyomda turishga qodirman lekin ruku va sajdaga egilsam operatsiyada tikilgan joyim ogriq beryapti. Bu holatda qanday namoz oqiyman

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Bemor biroz vaqt tik turishga quvvati etsa, kuchi etgunicha turib namoz o'qishni boshlaydi va namoz asnosida toliqib qolsa, namozni o'tirib davom ettiradi. Kishi ruku va sajda qilolmasa, o'tirib ruku va sajdani boshi bilan imo qilib, namoz o'qiydi. Bu holda boshini rukuga eggandan ko'ra ko'proq sajda uchun egadi. Aks holda namozi durust bo'lmaydi. U sajda qilishi uchun biror narsa baland qilib qo'yilmaydi. Ruku va sajdani boshi bilan imo qilib namoz o'qishga qodir bo'lmagan bemor ruku va sajdani ko'zi, qoshi yoki qalbi bilan imo qilib, namoz o'qimaydi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar