Assalomu alaykum. Men daromad qilish maqsadida o'yinchoq tutadigan kran apparatini sotib olmoqchi edim. Ko'pchilik buni harom va qimor demoqda. Men surishtirganimda, ba'zi sotuvchilar buni halol qilish yo'llari borligini aytishdi. Birinchi yo'li: Masalan, o'yinchoqning tan narxi 10 000 so'm bo'lsa, apparatni bir marta pul tashlaganda albatta bitta o'yinchoq tutadigan qilib sozlanadi. O'yin narxini esa 15 000 yoki 20 000 so'm qilib belgilanadi va apparat ustiga shu narx yozib qo'yiladi. Pul tashlagan odam o'yinchog'ini olib ketaveradi, ya'ni birga-bir sovg'a oladi. Ikkinchi yo'li: O'yin narxi 2000 so'm qilib belgilanadi va katta юtuq chiqish ehtimoli 10 ga 1 qilib qo'yiladi. Agar o'yinchi asosiy sovg'ani ololmasa, apparat pastidan puliga yarasha kichikroq boshqa o'yinchoq tashlab beradi. Natijada odam quruq qaytmaydi, kichik bo'lsa ham puliga yarasha o'yinchoq olib ketadi. Shu ishning fatvosi qanaqa? Shu yo'llar bilan ish boshlasam halol bo'ladimi? Har holda odam quruq ketmayapti, sovg'asini olib ketyapti.
Vaalaykum assalom. Bu ikki usul bilan ham ushbu faoliyatni юritish joiz emas.
Birinchi usulda mijoz pulni to'lagach, aynan qaysi o'yinchoqni olishi noaniq qolishi va molni qo'lga kiritish kranning texnik harakatiga bog'liqligi sababli savdoda «g'arar», ya'ni noaniqlik юzaga keladi. Bu esa shariatda taqiqlangan.
Ikkinchi usulda esa, garchi arzon o'yinchoq berilsa-da, o'yinchining asl maqsadi oz pul tikib, qimmat narsa юtish bo'lgani va o'rtada tavakkalchilik borligi uchun bu baribir qimor hisoblanadi. Shu bois, musulmon kishi bunday shubhali vositalardan tiyilib, ochiq va halol savdo bilan shug'ullangani ma'qul. Vallohu a'lam.